Ipoteka subsidiyalari uchun arizalarni qabul qilish boshlandi. Bu haqida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) veb-sahifasida xabar beriladi.

Qanday subsidiya

Subsidiya — bu kvartira sotib olganda boshlang’ich to’lovning bir qismi uchun moddiy yordam. Uning miqdori uyning taxminiy narxidan 10%.

U faqat kvartiraning parametrlaridan kelib chiqgan holda hisoblanadi. Subsidiyaga ariza berish uchun uyning narxi va maydoni belgilangan o’lchovlardan oshmasligi kerak. Toshkent shahri uchun:

  • Maydon darajasi — 70 kv.m.
  • 1 kv.m. uchun narxi — 5,7 mln so’m
  • Hisob-kitob narxi — 399 mln so’m
  • Ipoteka kreditining miqdori — 339,1 mln so’m (85%)
  • Boshlang’ich to’lovning narxi — 59,8 mln so’m (15%)
  • Subsidiyaning miqdori — 39,9 mln so’m (10%)

Boshqa shahar va hudular uchun narxlar farqlanishi mumkin. Quyida havola orqali ko’rib chiqish mumkin.

Kim subsidiya olishi mumkin

Kam daromadli va yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo’lganlar. Ular ijtimoiy mezonlarga muvofiq, ballar orqali baholanadi. Subsidiya olish uchun kamida 30 ball to’plash lozim. Ballarni hisoblash uchun jadval (ushbu hujjat orqali tastiqlangan):

Mezon
Ball
I. Ariza beruvchining va (yoki) uning oilasining daromadi (eng kam ish haqi asosida — MHTEKM)

Qishloq hududlarida*

3,8 dan 4,5 gacha
10
4,6 dan 5,2 gacha
6
5,3 dan 5,8 gacha
2

Shaharlarda

4 dan 5 gacha
10
5,1 до 6 gacha
6
6,1 до 6,5 gacha
2

Toshkentda

4,5 dan 6 gacha
10
6,1 dan 7,5 gacha
6
7,6 dan 9 gacha
2
II. Yashash sharoitining holati**

Ijara
20
Uy egasining ruxsati bilan bepul
20

III. Ijtimoiy himoyani yaxshilashga muhtoj shaxslar

“Labor-migration” dasturida ro’yxatdan o’tgan mehnat migranti
10
Etim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar
10
Alohida namuna ko’rsatayotgan yosh oilalar
10
Og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar***
10
Yagona (yolg'iz) boquvchiga ega bo’lgan oila (erkak yoki ayol)
9
Boshqalar
0

IV. Oilada quyidagi shaxslarning mavjudligi****

Birinchi guruh nogironligi bo’lgan shaxs
10
Surunkali kasallikning og’ir turlaridan azob chekuvchi
10
Og’ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan
10

*O'rtacha oylik daromadi:

  • Qishloq joylarda — Mhtekmning 3,8 baravaridan kam va 5,8 baravaridan ko’p;
  • Shaharlarda — 4 baravaridan kam va 6,5 baravaridan ko’p;
  • Toshkent shahrida — 4,5 baravaridan kam va 9,0 baravaridan ko’p bo’lgan oilalarga subsidiya ajratilmaydi.

**To'liq o’z mulkida uy-joyga ega bo’lgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.

***Ular IV bo’limda ballarni talab qila olmaydilar va aksincha.

****Ballar faqat bitta mezon asosida beriladi.

Subsidiyani qanday olish mumkin

Subsidiyani olish uchun ariza beruvchi shaxsan Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qilishi lozim.

Shaxsiy murojaat taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchining nomidan anketani to’ldiradi, YIDXP orqali esa shaxs mustaqil ravishda ariza shaklini elektron shaklda to’ldirishi va tegishli hujjatlarni yuklashi kerak.

Oila a’zolari mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditini subsidiyalashga murojaat qilishlari mumkin.

DXM va YIDXP orqali murojaat etuvchilarga xizmatlar bepul taqdim etiladi.

O’tgan yil hujjatlarni topshirish muddati cheklangan (1 martdan 1 oktyabrgacha) edi, ammo bu yil 1 iyundan boshlab yil davomida arizalar qabul qilinadi.

Bu yil, shuningdek, yaqin qarindoshlarning, agar ular alohida yashasa ham, daromadlarini hisobga olishga ruxsat berildi.

O’tgan yili ariza beruvchining talablari 10 ish kuni ichida tekshirilgan bo’lsa, bu yil 1 iyundan boshlab jarayon avtomatlashtirilib, yetti kunga qisqartiriladi.

Subsidiya to’lanadigan fuqarolarni tanlash bo’yicha komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar, shuningdek ijtimoiy mezonlarga muvofiq baholash natijalari asosida qaror berish yoki rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Taqdim etilgan subsidiyalar bitta oilaga (oila a’zolaridan biriga) faqat bir marta beriladi. Batafsil ma’lumotni farmonning o’zida topish mumkin.