“Apple Inc” kompaniyasining kapitallashuvi $3 trillionga yetishi mumkin. Bu haqida “Citigroup Inc.” va “Wedbush” mutaxassislarining tahliliga ko’ra bloomberg xabar beradi.
Tahlilga ko’ra, “Apple Car"ning rivojlanishi va keyingi “iPhone"ga katta umidlar qo’yilgan. Hozirda bozor qiymati $2 trillionga teng bo’lgan “Apple” allaqachon dunyodagi eng qimmat kompaniya hisoblanadi.
“Apple Car” loyihasi 2024-yildan keyin kompaniyaning sotuvlarini 10% dan 15% gacha ko’tarishi mumkin. Elektr avtomobillar bozori smartfonlar, kompyuterlar, planshetlar umumiy bozoridan o’sib ketishi kutilmoqda.
“Wedbush” tahlilchisi, “Apple"ning narxlari eng yuqori $175, shuningdek, $3 trillionlik kapitalizatsiyani ko’rmoqda. U yaqinlashib kelayotgan “iPhone 13"ni “o'yin almashtiruvchi” bo’lishini kutgan holda, aktsiyalarning so’nggi pasayishini “oltin sotib olish imkoniyati” deb atadi.
Avvalroq Spot “Apple” smartfonlar savdosi bo’yicha Samsungni ortda qoldirgani haqida yozgan edi.