UzAuto Motors kompaniyasining Rossiya Federatsiyasidagi rasmiy distribyutori “Келес Рус” maxsus aksiya boshlanganligini e’lon qildi. 15-aprelgacha rossiyaliklar Chevrolet rusumli avtomashinalarni sotib olishda 80 ming rublgacha (taxminan 1000 dollar yoki 11 424 000 so’m) tejashlari mumkin.

Aksiya bir vaqtning o’zida savdo-sotiq va kreditga mashina sotib olish kabi mashhur xizmatlarning monetizatsiyasini o’z ichiga oladi, deb tushuntiradi Tarantas News. Shu bilan birga, Nexia va Cobalt byudjet sedanlarining minimal narxi 9,2−10,6% ga pasayadi va 649,900 va 789,900 rublni (8893 va 10,809 dollar yoki 92,805,720 va 112,797,720 so’m) tashkil etadi.

Kompaniya ijro direktori Vadim Artamonovning so’zlariga ko’ra, avtoulovlar narxining amalda pasayishi yangi mashinalarning mart oyida umumiy bozor bozor bo’yicha 2,1 foizga ko’tarilishi asnosida ro’y berdi.

Rossiya bozori uchun Chevrolet Nexia va Cobalt 1,5 litr va 106 ot kuchiga ega dvigatellar bilan jihozlangan bo’lib, ular nisbatan arzon AI-92 benzinida ishlashga mo’ljallangan.

Ma’lumot uchun, avvalroq rossiyalik mutaxassislar 2020-yilda “Келес Рус” distribyutorlik kompaniyasi tomonidan faqat 694 ta o’zbek avtomobili sotilganini hisoblashgan edi. Shulardan 455 ta mashina Cobalt sedani, 206 tasi Nexia, qolgan 33 ta mashina Spark xetchbeki bo’lgan.