O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Kyongnam banki"ning (Koreya Respublikasi) vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi. Bu haqida Markaziy bank telegram kanali xabar beradi.
Vakolatxona mamlakatimiz banklari bilan hamkorlik o‘rnatish, bank mijozlarining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda Koreyaning bank-moliya sohasidagi ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda tatbiq qilishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: Kyongnam Bank (avvalgi KNB Financial Group Co., Ltd) sho’ba korxonalarini boshqarish bilan shug’ullanuvchi holding kompaniya hisoblanadi. O’ziningsho’ba korxonalari orqali u mintaqaviy bank biznesida ishtirok etadi, ya’ni kichik va o’rta korxonalar va jismoniy shaxslarga moliyaviy xizmatlar ko’rsatadi.
Xizmat ko’rsatish Kyonnam va Ulsan shaharlarida amalga oshiriladi.