Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Turkiyaning “KANI MED” kompaniyasi rahbari Feliz Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Bu haqida hokimlik rasmiy sayti xabar beradi.
Feliz Erdo‘g‘an “KANI MED” diagnostika sohasida ilg‘or kompaniyalardan biri ekanligini ta’kidlab, Toshkentda 5 ta diagnostika markazlarini qurib, ishga tushirish taklifini bildirdi. Buning uchun KANI MED kompaniyasi $10 mln miqdorida investitsiya kiritishga tayyorligini bildirdi.
Toshkent shahar hokimi tomonidan taklif ijobiy qabul qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda Feliz Erdo‘g‘an diagnostika markazlarini tashkil etish jarayonida mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv seminarlari o‘tkazilishini hamda ikki tomon markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo’yicha taklif berdi.
Avvalroq Spot, Toshkentda Yaponiya IT maktablari ochilishi haqida ma’lumot bergan edi.