Prezidentning 2019-yil 16-yanvardagi 4118-son qaroriga asosan, “Asaka yog‘” AJning 51,1 foiz davlat aksiya paketi keyinchalik ommaviy savdolarga chiqarish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan edi.
“Baholash ekspertlik markazi” MCHJning 2020-yil 24-martdagi 03/27-sonli baholash hisobotiga muvofiq, “Asaka yog‘” AJning 51,15 foiz davlat aksiya paketini baholagan.
“Asaka yog‘” AJ ustav fondidagi 51,15 foiz davlat aksiya paketi 15 446,4 mln. so‘mga birja savdolariga chiqarilgan edi.
“Toshkent” RFBda bo‘lib o‘tgan birja savdolarida “TRIO UNION PRO” MCHJ tomonidan “Asaka yog‘” AJning davlat aksiya paketiga 15 446,4 mln. so‘m taklif etilgan. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar beradi.
Bugungi kunda mazkur aksiya paketlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun: “Asaka yog‘” AJning aksiyalarining nominal qiymati 637 so‘mni, davlat tegishli aksiyalarning umumiy soni 2 206 170 tani tashkil etadi.
Avvalroq Spot, “Guliston ekstrakt yog’ning davlat ulushi birja savdolariga chiqarilganligi haqida ma’lumot bergan edi.