Xitoy Prezidenti Si Szinpin “platformalar” deb noma olgan va Pekin hukumati fikricha, ko’plab ma’lumotga va bozor qudratiga ega kompaniyalari ortidan tergov-surishtiruv ishlari olib borishga vafa berdi. Bu haqida manbalarga asoslanib Forbes xabar beradi.
Bu shuni anglatadiki, Xitoy hukumatini Alibaba boshlig’i Jek Ma bilangina emas ByteDance, Tencent va boshqa kompaniyalar bilan kurash boshlashi kutilmoqda.
Xitoy Kommunistik partiyasining Oliy moliyaviy maslahat va muvofiqlashtiruvchi qo’mitasi yig’ilishida u regulyatorlardan Internet-kompaniyalar ustidan nazoratni kuchaytirishni, monopoliyalarga qarshi kurashni, adolatli raqobatni rivojlantirishni va kapitalning nazoratsiz ko’payishini oldini olishni talab qildi.
“Ba'zi platforma kompaniyalari nostandart tarzda rivojlanmoqda va bu xavflidir. Kamchilik va bo’shliqlarni o’z vaqtida to’ldirish uchun platforma iqtisodiyotini tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirishni tezlashtirish kerak “, — deyiladi Xitoy davlat telekanali CCTV yig’ilish bayonnomasida.
Internet-kompaniyalar ma’lumotlar xavfsizligini yaxshilashi kerak va ularning moliyaviy faoliyati nazorat qiluvchi organlar nazorati ostiga olinishi kerak, deb ta’kidladi kanal.
Avvalroq Spot, Xitoy hukumati Alibabaga rekord darajadagi jarima solishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot bergan edi.