Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoatchilik vakillari o‘rtasida mazkur mukofot nomi va logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etuvchilar o‘zlarining ijodiy yondashuvlarini namoyon etishlari mumkin. Ya’ni mazkur mukofotning nomi va logotipi yaratilishida o‘z fikrlarini bayon etadi. Bunda logotip g‘oyasining teranligi, ixcham va aniq ifodalanishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ishtirokchilar ijodiy ishlarini joriy yilning 25-mart kuniga qadar womencom_senat@mail.ru hamda telegramdagi womencom_senatbot ga yuborishlari mumkin.
Tanlovda uch nafar g‘olib aniqlanadi. G‘oliblar pul mukofoti hamda maxsus diplom bilan taqdirlanadi.
Avvalroq Spot, Markaziy bank “Global Money Week” doirasida videoroliklar tanlovini e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.