Qo’qonda ijarada turuvchi talabalarni tizimli nazorat qiluvchi mobil ilova yaratildi. Bu haqida Qo’qon davlat pedagogika instituti rasmiy sayti xabar beradi.

Ilova Bosh vaziri o‘rinbosari B.Musayev boshchiligida 2021-yil 28-fevral kuni o‘tkazilgan selektordagi topshiriqlar ijrosi doirasida ishga tushirildi.

Ilova mobil smartfon hamda planshetlar uchun ishlab chiqilgan. Mazkur ilova ijarada yashaydigan talabalar haqida to‘liq ma’lumot olish, ularning manzillarini xaritada ko‘rsatib berish hamda ijara manziliga qadar boshlab borishi bilan talabalarning ustoz-murabbiylari, ota-onalari hamda institut rahbariyati yordam beradi.

Ilova hozircha Android tizimida ishlovchi qurilmalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tez kunlarda uning IOS operatsion tizimlari uchun versiyasi ham foydalanishga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Yuklab olish: “QDPI IJARA