2017-yildan buyon aholi va tadbirkorlarning davlat organlari bilan bevosita aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab kelmoqda.
YDIXPning mobil ilovasi takomillashtirilib yangi formatda ishga tushdi. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar beradi.
Imtiyozlar: foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ma’lumotlarni qulay va avtomat tarzda to‘ldirishga, hujjat va ma’lumotlarni uchinchi shaxsga taqdim etishga, Elektron hukumat xizmatlaridan foydalanishda vaqtida xabardor bo‘lish va to‘lovlarni tezkorlik bilan to‘lashga ega bo‘ladi. E’tiborlisi, joriy etilgan xizmatlarda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Mobil ilova orqali avtomat tarzda, bir zumda quyidagi ma’lumotlarni olish mumkin:
- yashash joyi bo‘yicha, soliqdan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- pensiya haqida ma’lumot;
- hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma’lumot;
- masofadan turib, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish;
- STIRni aniqlash;
- hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish: elektr energiya, issiq suv, ichimlik suvi.
Yuklab olish:
Google Play — https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.mygov
App Store — https://apps.apple.com/uz/app/mygov-uz/id1544175166