Shavkat Mirziyoyev “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorga imzo chekdi. Bu haqida “O'zA” agentligi xabar beradi.

Unga ko’ra 2021-yil 15-iyundan boshlab:

a) monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan:

  • polivinilxlorid (PVX) va formalin — barcha xaridorlarga;
  • iste’mol etil spirti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga;
  • texnik etil spirti — barcha xaridorlarga;
  • kumush — zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinadi

b) 2022-yil 1-yanvarga qadar monopolist bo‘lmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:

  • sement — ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
  • paxtadan olingan chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) — ishlab chiqarish hajmining 100 foizi;

v) gazni qayta ishlovchi, ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan neft va gaz kondensati — tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar uchun ham bu qaror tegishli hisoblanadi.

Qonunning to’liq holati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.