Milliarder Shark Tank sarmoyachisi Mark Kuban, juda ko’p tadbirkorlar biznesni boshlashda yo’l qo’yadigan xatoni aytib o’tdi. Bu haqida Inc.com. xabar beradi

250 dan ortiq kompaniyalarga sarmoya kiritgan Kyubanning so’zlariga ko’ra, tadbirkorlar o’zlarida mavjud bo’lgan pul bilan biznesni boshlashlari va keyingi bosqichda mablag' to’plashlari kerak.

“Eng katta xatolardan biri bu birinchi navbatda investorlarni topishga urinishdir”, ammo siz eng yaxshi va yirik kompaniyalarni ko’rib chiqsangiz, ular asoschilarida pul bo’lmagan paytda yaratilganligini ko’rishingiz mumkin", deydi Kyuban.


Fikrni davom ettirib, tadbirkor Diamond Jon tomonidan yozilgan “Sinish kuchi” ni esladi. Unda $6 milliard moda kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kompaniyani asos solgan Jon, boshlang’ich sarmoyasiz qanday qilib o’z biznesini qurganligi haqida hikoya qiladi.

“Birinchidan, o’zingiz qilishingiz mumkin bo’lgan va sotishingiz mumkin bo’lgan xizmat yoki mahsulotni yarating. Men qilganimdek kichigidan boshlang va mahsulotni bosqichma-bosqich ishlab chiqing. Shunda siz mahsulotni kichik hajmda yetishtirish uchun mavjud resurslaringiz borligini ko’rishni boshlaysiz “, — deya maslahat beradi Kyuber.

Tadbirkorning so’zlariga ko’ra, agar sizning kompaniyangiz shu qadar tez rivojlanayotgan bo’lsa, u moliya jalb qilishi kerak bo’lsa, “u sizni topadi”.

Ma’lumot: 1999-yilda Mark Kyuban milliarder bo’ldi, u Broadcast.com-ni Yahooga $5,7 milliard sotgan edi. Tadbirkor oldin bufetchi bo’lib ishlagan va keyinchalik o’zining MicroSolutions b kompaniyasini ochish uchun ishdan ketgan.