IT Parkʼning “Open Data Acceleration” akseleratsiya dasturiga qabul boshlandi. Bu haqida IT Park sayti xabar beradi.
IT Park Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, YXHTning Oʻzbekistondagi loyiha koordinatori bilan hamkorlikda “Open Data Challenge 2020” xakatoni davomi sifatida akseleratsiya dasturini tashkil qilmoqda.
Ushbu dastur nafaqat loyihada gʻolibga aylanganlar uchun, balki ochiq maʼlumotlar bilan bogʻliq startap loyihalari uchun ham moʻljallangan.
Akseleratsiya dasturi — allaqachon gʻoyaning prototipiga ega boʻlgan, jamoa toʻplagan va oʻz ezgu maqsadlari sari birgina pogʻona etishmayotganlar uchun mablagʻ olish va loyihani haqiqiy biznesga aylantirish (MVPʼdan to bozorga kengayishgacha) uchun oʻquv va amaliy dasturdir.
Dastur 2 oyga moʻljallangan boʻlib, boshlangʻich loyihalarni axborot va maslahat yordami, shuningdek mutaxassislar va murabbiylar bilan ishlashini taʼminlaydi.
Bundan tashqari, loyihalarni amalga oshirish jarayonini kuzatib borish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun akseleratsiya dasturiga kirgan har bir jamoaga treker biriktiriladi.
Open Data Challenge gʻoliblari avtomatik ravishda akseleratsiya dasturining ishtirokchilariga aylanishadi. Ushbu loyihalar:
Davlat sektori
1. White
Blick loyihasi — bu Oʻzbekistondagi axborot texnologiyalarini takomillashtirish uchun multiplatforma.
2. UniApp
Xalqaro va mahalliy investorlar uchun bozor haqida toʻliq maʼlumotlarga ega platforma.
3. Vesion
Yoʻl harakati qoidalarini buzganlikni kuzatuvchi bot, bu yerda foydalanuvchilar fotosuratlarni yuklashlari va qoidabuzarlikni tasvirlashlari mumkin.
Ijtimoiy sektor
1. NLS
Brayl yozuvidagi matnni oʻqishdagi qiyinchiliklarni minimallashtirish uchun mobil dastur.
2. JuFoF
Aholining nochor qatlamlariga yordam berish uchun koʻngillilar platformasi.
3. Genius Coders
bemorlarga shaxsiy tibbiy maʼlumotlarini saqlashga imkon beradigan shaxsiy karta.
Biznes sohasi
1. PhalconDevs
Aptechka 24 — dori-darmonlarni izlash va sotib olish uchun onlayn servis.
2. Kepp it 100
Mobil ilova xaridorlar uchun kerakli obyektni topish jarayonini yengillashtirishga qaratilgan boʻlib, qoʻshimcha ravishda har bir mijozni savdo markazlaridagi mumkin boʻlgan tadbirlar, aksiyalar va soʻnggi ttrendlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
3. Frozen Code
Qishloq xoʻjaligi sohasida eʼlonlar joylashtirish uchun onlayn platforma.
Maʼlumotlarni oʻzgartirish va yaratish
1. Fantastic Team
Oʻzbek tilini oʻrganish uchun mobil dastur.
2. DigiMind
Qaysi onlayn-doʻkonda mahsulot mavjudligini va qaysi onlayn-doʻkon orqali eng arzon narxda sotib olishingiz mumkinligini aniqlashga yordam beradigan xizmat.
3. Fazon
Bu Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan voqealar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish uchun ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalardan ma’lumotlarni taqdim etadigan va tahlil qiladigan veb-dastur.
Maktab toifasi
1. NovaThrones — Taʼlim brauzeri.
2. Uplift — Eʼlonlar sayti.
3. XOR-Progger — Dollarga bogʻlangan mahsulotlar narxi.
4. ADM — Maʼrifiy portali.
5. Bacg — Shahar portali. Shahar aholisining shikoyat va takliflarini qabul qiladi va reyting yaratadi.
Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng ishtirokchilar tarkibini kiriting. Dasturda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish muddati muhlati 2021-yil 30-mart.
Ishtirok etish shartlari:
- sizda MVP mahsuloti boʻlishi shart;
- Oʻzbekiston yoki jahon miqyosdagi ochiq ma’lumotlardan foydalanishingiz kerak.
Eng yaxshi startap loyihalari amalda joriy etish va yanada rivojlantirish uchun tavsiya etiladi. Quyida havola orqali roʻyxatdan oʻting.