Yandex Go Toshkentda bank kartalari orqali toʻlovni yoʻlga qo’ydi. Bu haqida Spotga kompaniyaning axborot xizmati xabar berdi.
Yandex Go xizmati Toshkent hududida toʻlov uchun bank kartalarini qabul qilishni boshladi. Oʻzbekistonning milliy Uzcard va HUMO toʻlov tizimlari kartalari yordamida ham, xalqaro Visa va Mastercard kartalar yordamida ham toʻlovlarni amalga oshirish mumkin.
Yandex Go ilovasini so’nggi versiyagacha yangilatib va bir marta karta raqamini bogʻlab qoʻyish kifoya. Buning uchun shunchaki bosh menyudan “Toʻlov usullari” boʻlimini ochish va karta raqamini qo’lda kiritish lozim. Naqdsiz toʻlov usuli tanlanganda safar uchun toʻlov avtomatik tarzda yechib olinadi.
Karta bilan toʻlashda hamyoningizda yetarli darajada pul bor-yoʻqligi va haydovchida qaytim topilishi yoki topilmasligi haqida qaygʻurishning hojati yoʻq. Choychaqani ham kartaning oʻzidan oʻtkazish mumkin — uning foizini avvaldan yoki safar yakunida tanlasangiz boʻladi.
Yandex Go xizmati Oʻzbekistonda 2018-yildan buyon ishlamoqda. Taksilarda safarlardan tashqari, ilovada, shuningdek, yetkazib berish va yuk tashish xizmatlari ham mavjud.