Prezident “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorni imzoladi.
Unga ko’ra: 2021 yil 1 maydan boshlab xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani va davlat boji to‘lovini elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkonini yaratiladi.
Shuningdek, joriy yilning 1 iyundan boshlab 16 yoshga to‘lgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berish ularni davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish hamda fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirish tizimini joriy etiladi.
2021-yil 1-iyuldan boshlab soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan (JSHSHIR) foydalangan holda amalga oshirishga o‘tiladi. Bunda, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini berish va fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bekor qilinadi.
Qaror bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishish mumkin.