Amerika Rossiyadan keluvchi neftga bo’lgan talabi keskin oshdi. Bu haqida Bloomberg xabar beradi. Agentlik 10 yillar davomida bu ko’rsatgich bor-yo'g'i 0,5% bo’lib kelayotganini ta’kidladi.
Tahlilchilarning fikriga qaraganda, Rossiya nefti AQSh butunlay rad etgan Venesuelaning o’rnini egalladi. Shuningdek, Nikolas Maduroga qo’yilgan sanksiyalar ham Rossiya neftiga bo’lgan extiyojni oshirdi.
AQSH hukumati Maduroni xomashyo sotishdagi foydani egallab olishda ayblab, Venesuela prezidentiga va PDVSA neft tankerlariga ega davlat korxonasiga qarshi sanksiyalar qo’llagan edi.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistonidan Amerikaga “qora oltin” yetkazib berish juda kamayib ketgan edi. Shuning uchun ham Rossiya nefti bozorda eng arzoni bo’lib qoldi.
O’tgan yilning birinchi yarmida Rossiyadan import qilingan mahsulot 9,1 mln tonnani tashkil etib, 16 yillikdagi rekord bo’ldi. 2019-yilning bu davrdagi nisbati bilan taqqoslaganda bu 2,3 barobarga ko’pdir. Shuningdek, mazut mahsuloti importi ham oshgan.