Smartfonlar va boshqa texnika qurilmalari ishlab chiqaruvchisi Xiaomi Corp o’zining elektromobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bu ishni Xitoyning avtomashina ishlab chiqaradigan zavodlari Great Wallda amalga oshirmoqchi. Bu haqida manbalarga tayanib vc.ru xabar beradi.

Ma’lumot berilishicha, Xiaomi elektromobillari ommaviy bozor uchun mo’ljallangan va birinchi modellar 2023-yilning o’zidayoq chiqishi mumkin. Mashinalar Xiaomi ekotizimi orqali boshqa qurilmalarga bog’lanishi mumkin.

Shuningdek, Great Wall loyihaning tezlashtirishida ishtirok etadi. Ushbu xabardan so’ng Xiaomi aksiyalari 5%ga, Great Wall’niki esa 9%ga oshdi.

Smartfonlar savdosi daromadining asosiy qismini tashkil qiladigan kompaniyalarning aksariyati mahsulot diversifikatsiyasi uchun elektromobil ishlab chiqarishga qiziqmoqdalar.

Avvalroq Spot, Huawei o’zing shaxsiy elektromobillari ishlab chiqarish haqida ma’lumot bergan edi.