“Одноклассники” ijtimoiy tarmog‘i o‘zining 15 yoshga to‘lgan kunida katta interfeys yangilanishini taqdim etdi. Ijtimoiy tarmoqning sayti va mobil ilovalari kontentdan yanada qulay foydalanish uchun bir nechta yangiliklarni kiritdi. Bu haqida Spot’ga kompaniyaning matbuot xizmati xabar berdi.

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqdagi kontentni turli xil qurilmalarda iste’mol qilish qulayligi ustida izchillik bilan ish olib bormoqda. Shu asnoda, OK 2019 yilda iOS va Android uchun mobil ilovalarni yangilab, korporativ to‘q sariq rangni orqa fonga olib qo‘ydi.


OK saytining yangiliklar tasmasini o‘z ichiga olgan bosh sahifasi yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi: endi barcha eng muhim ma’lumotlar to‘rtta ustunda joylashgan bo‘lib, bu foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan xizmatlarga diqqatini jamlashga yaxshiroq imkon beradi.

Eng ko‘zga ko‘ringan o‘zgarishlar saytning “boshiga” — OK desktop versiyasining yuqorigi menyusiga ta’sir ko‘rsatdi: undagi to‘q sariq rang oq rangga o‘zgargan va “Odnoklassniki” logotipi endi Odnoklassniki shriftida terilgan.


Buning uchun OK yaqin oylarda iOS va Android uchun mobil ilovalar interfeysini ham yangilaydi. Yangiliklar tasmasida barcha e’tibor kontentga qaratiladi: OK profil fotosurati va muqovasini olib tashlaydi, bu esa ekranda tasmada ko‘rsatiladigan yangiliklar sonini ko‘paytiradi.

Vidjetlar bilan ta’minlangan yangi yon menyu nafaqat ijtimoiy tarmoq xizmatlari o‘rtasida tez almashinish, balki OK-dagi oziq-ovqat va taksi buyurtirish, tovar sotib olish, ish qidirish, xizmatlar uchun haq to‘lash kabi mini-ilovalardan ham oson foydalanish imkoniyatini beradi.

Desktop versiyaning yangilangan dizayni hozirda foydalanuvchilarning ma’lum qismida mavjud bo‘lib, tez orada barcha OK auditoriyasi uchun taqdim etiladi. Mobil ilovalardagi barcha o‘zgarishlar 2021-yilga rejalashtirilgan.