Oldinroq Spot, dunyodagi yirik neft konteynerlari kesib o’tadigan Suvaysh kanalining yopilgani va dunyo iqtisodiyotiga keltirayotgan zarari haqida ma’lumot bergan edi.
Bloomberg nashrining xabar berishicha, Suvaysh kanalini to’sib qo’ygan konteyner kemasini olib tashlash kamida chorshanba kunigacha davom etadi. Bu vaziyat avval taxmin qilingandanda ko’proq zarar miqdorini oshirib boradi. Zarar neftdan tortib to avtomobillarga yoqilg’i yetkazib berish zanjirining uzilishini kuchaytiradi.
Dunyoning eng muhim suv yo’llaridan biri orqali harakatlanishning to’xtatishi — bu allaqachon to’liq quvvat bilan ishlayotgan konteyner-yuk tashish sanoatiga katta zarba berdi. Bu Osiyo importining doimiy oqimiga tayanadigan Yevropa kompaniyalari va pandemiya paytida tezkor onlayn xaridlarni amalga oshirgan iste’molchilarga tahdid qilmoqda.
Suvaysh kanalida harakatlanishi to’xtagan 200 ming tonnali “Ever Given” kemasining faoliaytini qayta tiklash ishlari taxminan bir haftani egallaydi.
“Vaqtning cho’zilishi ta’minlash tarmoqlarida kuchaygan bosimni yanada oshirib, narxlarning o’sishiga olib keladi”, deydi Kris Rojers, lead trade analyst for Chris Rogers, S&P Global Market Intelligence’s Panjiva kompaniyasining savdo bo’yicha yetakchi tahlilchisi.
Ma’lumot uchun: 23-mart kuni Ever Given konteyneri Suvaysh kanalining 151-kilometrida harakatlanishdan to’xtadi va eng katta yo’lni to’sib qo’ydi. Bu esa kunlik $10 mlrd miqdordagi mablag’ning aylanishini to’xtatib qo’ydi.