Reddit AMA’ga bergan intervyusida Bill Geyts iqlim isishiga qarshi kurashish, nazariyalar haqida fikr bildirdi. Odatga ko’ra, u o’zi oxirgi vaqtda o’qigan kitoblar ro’yxatini ham sanab o’tdi.

“Va'da qilingan zamin”, Barak Obama

Barak Obamaning prezidentlik davridagi memuar kitobining I-tomi 3 mln nusxada sotilgan. The New York Times Oabamani ajoyib yozuvchi deya atagan. Uning 768 betlik kitobi esa o’qish uchun juda maroqli kitobdir. Bu boshqa prezidentlik memuarlariga qaraganda anchayin yuqori bahodir.


The Overstory, Richard Powers

Geyts “Overstory” ni “do'stim meni o’qishga undagan ajoyib fantastik kitob” deb ta’riflaydi. 2019-yilda Pulitser mukofotiga sazovor bo’lgan roman daraxtlar to’g’risidagi voqealarni ifoda etadi.

Bu ham maroqli o’qish, ham yovvoyi tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan murojaatdir. Yoki, yozuvchi Anne Patchett ta’biri bilan qisqacha aytganda, bu “daraxtlar haqida yozilgan eng yaxshi roman va shunchaki davrning eng yaxshi romanlaridan biri, nuqta”.


Hot Seat: What I Learned Leading a Great American Company, Jeffri Immelt

“Hot Seat” kitobida muallif o’zining 2008-yil Dunyo iqtisodiy inqirozi paytidagi “General Electric” kompaniyasidagi boshqaruvchilik tajribasi bilan bo’lishadi. Microsoft bosh ijrochi direktori Satya Nadella ushbu kitobni “notinch paytlarda nima qilish kerakligini bilishni istagan har bir kishi o’qishi kerak” deb nomladi.

Mavzuga doir: Professionallar va biznesni endi boshlayotganlar uchun Top-6 ta kitob