Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham katta e’tibor qaratildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar beradi.
Vengriya va O’zbekiston sog‘liqni saqlash, ilm-fan va ta’lim bo‘yicha tajriba almashib kelmoqda. Joriy o‘quv yilida o‘zbekistonlik talabalar uchun Vengriyadagi oliy o‘quv yurtlarida 100 dan ortiq grant ajratilgan. Joriy yilda Toshkentda Debretsen universiteti ish boshlaydi.
Bu sohalardagi ishlarni izchil davom ettirish, ilm-fan va madaniyat muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Debretsen universiteti Vengriyadagi yirik va nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. U 1538-yilda tashkil topgan bo’lib, bugungi kunda 28 ming talabaga ta’lim beruvchi maskan hisoblanadi. Universitet kimyo, qishloq xo’jaligi va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan.
Avvalroq Spot, Vengriyada O’zbekistonlik delegatsiya vakillari ishtirokida o’tkazilgan biznes forum natijalari haqida ma’lumot bergan edi.