Nodavlat tibbiyot muassasalariga koronavirus infeksiyasiga qarshi pullik emlashni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Nurmat Otabekov bu haqda “O'zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o’tdi.
“Xavfli deb hisoblanmaydiganlarga pullik asosda emlash nodavlat emlash markazlari va yuqumli kasalliklarga qarshi muntazam emlashni o’z ichiga olmagan tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Tabiiyki, har bir holatda, sanitariya-epidemiologiya ta’minoti xizmatining hududiy markazlari tomonidan tashkilotlarning emlash talablariga qanday javob berishini hisobga olgan holda maxsus ruxsat beriladi”, — dedi Nurmat Otabekov.
Shuningdek, u birinchi navbatda 65 yoshdan oshgan odamlar, shuningdek koronavirus infeksiyasini davolash bo’yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar, yuqumli kasalliklar shifoxonalari, tez tibbiy yordam, shoshilinch tibbiy yordam, COVID-19 diagnostikasi laboratoriyalari va birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari tibbiyot xodimlari emlanadi deya ta’kidladi.
“Biz emlashni viloyat markazlari va yirik shaharlarda boshlashga qaror qildik, may oyida viloyat markazlarida, iyun oyida — boshqa viloyatlarda davom ettiramiz. Bir vaqtning o’zida ikkita emlash bilan emlashni boshlaymiz. Buning uchun bizda 660 ming dozali AstraZeneca va 1 million dozada ZF-UZ-VAC 2001 yilgi o’zbek-xitoy vaksinasi mavjud”, — deya qo’shimcha qildi.
Koronavirusga qarshi ommaviy emlash O’zbekistonda 1-apreldan boshlab amalga oshiriladi.