Amerika Prezidenti Jo Bayden mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bo’yicha ikkinchi yirik tashabbusini taqdim etdi. Bu haqda manbalarda asoslanib Forbes nashri xabar berdi. Loyihalarning umumiy miqdori $2 trlnga teng deya baholandi.
“1960-yillardan buyon eng katta” dastur infratuzilmani yangilash, sanoatni tiklash, ilm-fan va ijtimoiy dasturlarga investitsiya kiritish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.
Asosan biznes “milliy loyihalar” uchun to’laydi: ular korporativ soliqni uchdan biriga oshirishni xohlashadi — bu Bill Klinton davridan buyon mamlakatda soliqlarning eng katta o’sishiga aylanishi mumkin.
Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Oq uy transport infratuzilmasiga $621 mlrd sarflashni rejalashtirmoqda, bu federal byudjetning joriy xarajatlarini amalda ikki baravar oshirdi, deb yozadi Bloomberg. AQSh ma’muriyati ko’priklarni, yo’llarni, portlar va aeroportlarni yangilashni va elektr transportini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
- Aholi uylarida turmush sifatini yaxshilashga $650 mlrd sarflash belgilangan. Shundan, $111 mlrddan ziyod — ichimlik suvi ta’minoti tizimini yangilash uchun, $100 mlrd — keng tizimli Internetni kengaytirish va elektr tarmoqlarini rivojlantirish uchun, $137 mlrd — arzon maktablarni qurish va o’zgartirish uchun ajratiladi.
- Sanoatini yangilash uchun $580 mlrd va’da qilingan. Ularning $180 mlrdi lmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan. Bloomberg uni “tarixdagi mudofaaga oid bo’lmagan eng yirik tadqiqot va rivojlantirish dasturi” deb ataydi. $300 mlrd to’g’ridan-to'g'ri sanoatga yo’naltiriladi, yana $100 mlrd- mansabni oshirish va kasbni qayta tayyorlash dasturlariga.
- $400 mlrdni bemorlar va qariyalarga, shuningdek nogiron amerikaliklarga ijtimoiy yordam dasturiga sarflash rejalashtirilgan.
Ushbu barcha rejalar va xarajatlarni — birinchi navbatda, korporativ soliqlarini oshirish orqali to’lashga erishish rejalashtirilmoqda.
2017-yilda sobiq prezident Donald Tramp uni 35 foizdan 21 foizga tushirgan edi. Endi AQShning yangi ma’muriyati uni yana uchdan biriga — 28 foizgacha oshirmoqchi.
The Washington Post va CNBC manbalariga ko’ra, rejaga bo’yicha undagi barcha xarajatlar 15 yil ichida soliqlar hisobiga to’lanadi. Shuningdek, global foyda uchun eng kam korporativ soliqni 21% ga ko’tarish belgilangan.