Ikki oy avval O’zbekiston delegatsiyasining vengriyaga tashrifi davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Vengriya davlatida tadbirkorlar uchun tashkil etilgan biznes forumda ishtirok etgan edi.
Qaysi sohalarda hamkorlik yo’lga qo’yilganligi haqida Spot xabar bergan edi.
Biznes forumda “Karmana Hasan baraka” korxonasi vakillari Vengriyaning “Hunland Trade Kft” kompaniyasi faoliyatiga alohida e’tibor qaratib, kompaniya bilan o‘zaro kelishuvga erishdi. Shundan so‘ng har ikkala korxona o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
“Hunland Trade Kft” kompaniyasi 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lib, zotli qoramollarni parvarishlash, sut chorvachiligi va chorva hayvonlarini tarqatish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya tomonidan chorva mollari Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Xorvatiya, Bosniya, Kosovo, Bolgariya, Ruminiya, Avstriya, Belgiya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Jazoir, Livan, Iordaniya, Marokash, Albaniya, Isroil kabi mamlakatlarga yetkazilib berilmoqda.
Vengriya delegatsiyasi O’zbekistonga tashrigi chog’ida soha vakillari bir qancha kelishuvga erishishdi.
Yangi tashkil etiladigan “Hunland EuroAsia” O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma korxonasi xorijdan zotli mollarni yurtimizga olib kelish va sotish, shuningdek zotli mollar parvarishini aholiga o‘rgatish, keyinchalik esa veterinariya xizmatlari ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilgan.