So’nggi yillarda O’zbekiston fermerlari anor plantatsiyalarining maydonini faol ravishda kengaytirmoqdalar. Shu bilan birga, O’zbekistonda anor yetishtirish ham bog’bonlar, ham mamlakat rasmiylari tomonidan istiqbolli hisoblanadi.
O’tgan yilning sentyabr oyida EastFruit kompaniyasi mamlakatning Farg’ona viloyatidagi anor bog’larining umumiy maydonini 20 ming gektarga yetkazish rejalari haqida yozgan edi. Ulardan yiliga 200 ming tonnadan ziyod anor yig’ib olinishi reja qilingan.
Ikki oy o’tgach, Qishloq xo’jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyatida anor plantatsiyalarini yana 2 ming gektarga ko’payishini e’lon qildi.
Shu bilan birga, respublikaning eng janubiy mintaqasida ushbu ekinni yetishtirishni yanada kattaroq rejasi haqida ma’lum bo’ldi.
Surxondaryo viloyatida anor ishlab chiqarishni ko’paytirish va yillik hajmini yaqin kelajakda 300 ming tonnaga yetkazish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Biroq, yaqin kelajakda bu sohaning rivoji haqida aniq dadillar keltirish mushkul.
Farg’ona va Qashqadaryo viloyatlaridagi rejalarni, shuningdek, mamlakatning boshqa mintaqalaridagi mavjud plantatsiyalarni hisobga olgan holda, yaqin 5−10 yil ichida respublikada anor ishlab chiqarishning yillik hajmi kamida 600 ming tonnaga yetishi mumkin.
Rejalar ulkan, ammo ularni bekamu ko’st amalga oshirishga xalal beruvchi buir qancha faktorlar mavjud.
- Iqlim. Anor yetishtirish uchun juda mos emas. Hatto mamlakatning janubiy mintaqalarida ham anor qishda vaqti-vaqti bilan muzlaydi. Natijada, anor tuplari ko’pincha qishda tuproq bilan qoplanadi. Agar o’nlab va yuz minglab gektar maydonlarni anor uchun ishga tushirish rejalari amalga oshirilsa, unda bu hududlarni qishki sovuqdan qanday himoya qilish mumkinligini tasavvur qilish qiyin.
- Rejalar va natija. Bu biznesni rivojlantirishni rejalashtirishda qo’yiladigan ulkan hosil ko’rsatkichlari. Haqiqat rejalarga qaraganda kamroq optimizmga ega bo’ladi.
- Nav. Jahon anor bozori tobora o’sib bormoqda, ammo unga ma’lum navlarning yuqori sifatli mevalari kerak, O’zbekistonda esa jahon selektorida unchalik qimmat bo’lmagan mahalliy seleksiyaga e’tibor qaratilmoqda.
Agar ishlab chiqarish shu qadar tez o’ssa va an’anaviy mahalliy navlar yetishtirishda davom etsa, balki O’zbekiston anorni sanoat usulida qayta ishlash haqida o’ylashi kerak bo’ladi.
Shuningdek agroexchange saytining ma’lumotlariga ko’ra, bu mevani import qiluvchi davlatlar beshligiga Xitoy, Niderlandiya, AQSH,Gongkong va Germaniya kiradi.
Shuning uchun O’zbekistonda anorni keng miqyosda yetishtirishga bo’lgan ishtiyoq juda yuqori. Ammo ushbu biznesning istiqbollari ishlab chiqaruvchilar tomonidan qabul qilingan qarorlar va mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari darajasining muhokama qilinishiga bog’liq bo’ladi.