Spot o’z jamoasiga o’zbek va rus tillarida yoza oladigan muharrirlar izlamoqda.

Biz faol o’smoqdamiz va bizga yangi xodimlar kerak. Hozirda bir nechta bo’sh o’rinlar mavjud.

Talablar:

  • xatosiz yozish ko’nikmasi (o'zbek yoki rus tilida);
  • biznes, texnologiya va iqtisodiyotga qiziqish;
  • o’zbek va rus tillarini bilish (kamida tushuna olish);
  • biznes jurnalist sifatida rivojlanishga xohish.

Qolgan barchasini biz o’rgatamiz. Jurnalistika sohasidagi tajriba sizga ustunlik beradi.

Sharoitlar: to’liq ish kuni, shinam ofis, qiziqarli vazifalar va o’sib boruvchi yuqori oylik maosh.

Agar jamoamizga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi (rus, o’zb) arizani to‘ldiring va biz albatta siz bilan bog‘lanamiz.