Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan, aynan ziyorat maqsadida poytaxtimizga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy mehmonlarning barcha talablariga javob beruvchi “Musafir hotel” mehmonxonasi o’z faoliyatini boshladi. Bu haqda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmat xabar beradi.
“Musafir” mehmonxonasining avzalliklaridan biri “Musulmonlik mehmondo’stligi sertifikati"ga (Muslim friendly) egadir.
Shuningdek, har bir xonada Qibla ko’rsatkichi, joynamoz va ibodat uchun tasbeh mavjud. Shuningdek, Ramazon oyida ro’za tutganlar uchun sahralik va iftorlik, namoz o’qish vaqtini eslatuvchi ko’ng’iroq ham bepul taqdim etiladi.
Ushbu mehmonxona 16 xonadan iborat bo’lib, 30 nafar sayyohni joylashtirish imkoniyatiga ega. Mehmonxona hududida bepul wi-fi mavjud. Ertalablari esa mazali nonushta tortiladi.
Avvalroq Spot, Buxoroda 5 yulduzli “Hyatt Regency” mehmonxonasi qurilishi haqida xabar bergan edi.