Bugungi kunga kelib avtokredit bozorida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi: bir qator banklar avtokreditlar berishni to‘xtatdi, shartlar o‘zgardi, foiz stavkalari oshirildi.
Foiz stavkalari baland bo‘lsa-da, aholining avtokreditga bo‘lgan ehtiyoji ham yuqoriligicha qolmoqda. Spot 2021-yilning aprel oyi holatiga ko’ra O’zbekiston banklaridagi avtokredit foizlari bo’yicha ma’lumot to’pladi.
Yanvar oyidan aprelgacha bo’lgan davrda banklar avtokredit uchun foizlar oshirilganligi kuzatildi. Masalan, Ziraat bankda avtokredit yillik 5 foizgacha ko’tarilgan. Kapitalbank esa bu turdagi kreditlar berishni to’xtatgan.
Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.
Kredit 24 oy muddatga 25% dan, 36 oyga esa 26%dan taqdim etiladi. Boshlang’ich to’lov 2 yillik uchun kredit summasining 40 foizi, 3 yillik uchun 30 foizi miqdori etib belgilangan.
“Asia Alliance Bank”
Kredit 23% miqdorida boshlang‘ich badal to’lanishi sharti bilan avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 70% miqdorida beriladi. Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lovdan kelib chiqib belgilanadi. Kredit muddati 48 oy deb belgilangan.
Kreditni 36 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 30%dan boshlanadi, foiz stavkasi — kredit muddatidan kelib chiqib belgilanadi:
1−12 oy — 24,9%;
13−24 oy — 25,9%;
25−36 oy — 26,9%;
“Ipak Yo‘li” banki
Kreditni 12 oydan 48 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 36%dan boshlanadi, foiz stavkasi — 26,9%ni tashkil etadi. Kreditning summasi 22,3 mln so’mdan boshlanib 450 mlngacha avtomobil modelidan kelib chiqib belgilanadi.
“InfinBANK”
Kredit 24 oygacha muddatga beriladi, foiz stavkasi 26,99%ni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov 25%dan boshlanadi.
“Davrbank”
Kreditlar 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Boshlang‘ich to‘lov +20%dan boshlanadi, foiz stavkasi — 26%ni tashkil etadi. Kreditning maksimal miqdori avtomobil modelidan kelib chiqib belgilanadi.
Kreditlar 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Boshlang‘ich to‘lov 30%dan boshlanadi, foiz stavkasi 3 oylik imtiyozli davrga qarab belgilanadi. Kreditning maksimal miqdori 500 million so’mni tashkil qiladi.
Kredit muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Kredit summasi avtotransport vositasining 100% miqdorida taqdim etiladi. Boshlang‘ich to‘lov avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda beriladi.
“Orient Finans” bank
Avtokreditlar 450 mlndan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 40 oygacha muddatga beriladi. Stavka boshlang‘ich to‘lov miqdoriga bog‘liq: 30% bo‘lsa, stavkasi 25%, 50% bo’lganda — 23% bo‘ladi.
“Hamkorbank”
Kredit 36 oygacha beriladi. Miqdori — EKIHning 1000 barobarigacha. Minimal boshlang‘ich to‘lov va foiz stavkasi 30%ni tashkil etadi. Yillik foiz stavkasi 26% ni tashkil etadi.
Kreditlar 36 oygacha muddatga beriladi. Avtomashinani sotib olish birlamchi va ikkilamchi bozor uchun boshlang‘ich to‘lovga qarab 24-dan 26 foizgacha belgilangan.
“Asakabank”
Kreditlar 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Boshlang‘ich to‘lov +30%dan boshlanadi, foiz stavkasi — 26%ni tashkil etadi.
“Qishloq Qurilish Bank”
Kredit muddati 4 yilgacha etib belgilangan. Yillik foiz 26% ni tashkil etadi. Boshlang’ich to’lov avtomobil narxining 70% gacha to’lanadi.
Trastbank, Universalbank, IpotekaBank, O‘zsanoatqurilishbanklarda avtokredit vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Aksariyat tijorat banklarida avtokreditlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalar uchun avtosalon shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi va kredit oluvchi doimiy ish joyiga ega bo‘lishi, “salbiy” kredit tarixiga ega bo‘lmasligi lozim.