Tadbirkor va investor Mark Kyuban Delphi podkastiga intervyu berdi. Bu haqida Inc. Russia xabar beradi.
Hozirda uning kripto portfeli 60% Bitkoin, 30% efirium (Ethereum), qolgan tokenlar esa yana 10% tashkil etishini aytdi.
Bozor qiymati bo’yicha eng katta kriptovalyuta bo’lgan Bitkoinda Mark Kyuban birinchi navbatda qiymatlar do’konini ko’radi. Unng so’zlariga ko’ra, 2012-yilda odamlar bitkoinni valyuta deb aytishganida bu narsaga unchalik ishonch bildirmagan ekan. Ammo bitkoin oltindan yaxshiroq ekanligini algoritm orqali odamlarni ishontirish qo’lingizdan kelsa, uning narxi oshadi, deya ta’kidlaydi tadbirkor.
Kyubanning aytishicha “bitkoin — bu oltinning eng yaxshi alternativ ko’rinishidir va shundan bo’lib qolmoqda. Mana shu uchun ham menda bitkoinlar bor va men ularni sotmayman”, deya qo’shimcha qildi.
Bundan tashqari mark efiriumga ham qiziqish bildirib o’tdi.
Efirium — blokcheyn va kriptovalyutada bitkoindan so’ng kapitalizatsiya hisobida ikkinchi o’rinda turadi va unda smart-shartnomalar tuzish imkoni mavjud.
“Barchasini o’zgartirib yuborgan bu smart-shartnomalar bo’ldi. Ular orqali nomarkazlashgan moliya va o’zaro almashmaydigan tokenlar yuzaga keldi. Mana shu holat vaziyatni o’zgartirib yubordi”, deya ta’kidladi Mark Kyuban.
Tadbirkor “Ethereum” ni oldinroq sotib olishni boshlamaganidan afsuslanadi, chunki bu “haqiqiy valyutaga eng yaqin” deya hisoblaydi.
Avvalroq Spot, Mark Kyuban fikricha yangi startap investorlar eng ko’p yo’l qo’yadigan xato nima ekanligi haqida yozgan edi.