Prezident “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” farmon imzoladi.

Unga ko’ra milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga Agentlik tomonidan har yili 12 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya mablag‘lari ajratiladi.

Bunda:

  • subsidiya olish uchun talabgor telekanal serial ijodiy loyihasini Agentlikka taqdim etadi;
  • Agentlik Badiiy kengashi serialning mazmun-mohiyati, mavzusi, telekanal auditoriyasi va reytingini hisobga olgan holda subsidiya mablag‘lari ajratiladigan telekanallarni aniqlaydi;
  • subsidiya oluvchi telekanal seriallar byudjetining kamida 50 foizini o‘z mablag‘lari hisobidan qoplashi lozim.

Shuningdek, agentlik uch oy muddatda milliy seriallar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda davlat dasturini ishlab chiqishi ko’zda tutilgan.