O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Qatar davlati aviatsiya idoralari delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqida turizm va sport vazirligi rasmiy sayti xabar beradi.

Qatar tomoni O‘zbekiston hukumatining hududiy aeroportlarda “ochiq osmon” rejimini joriy qilinishi, xorijiy aviakompaniyalar tomonidan charter reyslarini tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida “cash-back” mexanizmlarini qo‘llash kabi aviatsiya bozorini liberallashtirish bo‘yicha qarorlari bilan tanishtirildi.

Uchrashuvda Qatar fuqaro aviatsiyasi xizmati departamenti boshlig‘i Muhammad Faleh Alxajri mamlakatimizning ulkan sayyohlik salohiyati hamda boy tarixiy-madaniy merosga egaligi Qatar fuqarolarida yuqori qiziqish uyg‘otishini ta’kidlab o‘tdi.

“Qatar Airways” departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan “ochiq osmon” rejimidan foydalanishga, jumladan, Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlaridan ham sayyohlarni jalb qilishga yuqori qiziqish bildirdi.

Avvalroq Spot, Rossiya bilan muntazam aviqatnoblar tiklanganligi haqioda ma’lumot bergan edi.