Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi “Urganchavtoshoxbekat” MCHJ tarkibidagi 100 foiz davlat ulushini sotuvga qo’ydi. Bu haqda E-auksion saytida ma’lumot berilgan.

Binolarning egallagan umumiy maydoni 682,42 kv.m ni tashkil etadi. Ustav kapitali miqdori 2 997.007 mln so’m. Tnderda g’olib chiqqan shaxs 20 yil davomida avtoshohbekat va yo’lovchi tashish faoliyatini ta’minlab berishi kerak.

Bino Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yoshlik ko’chasida joylashgan.

Avvalroq Spot, “Soyliq” oromgohi sotuvga qo’yilganligi haqida ma’lumot bergan edi.