“Додо Пицца” tarmog’ining Xitoydagi restoranlari yopiladi. Bu haqida kompaniya asoschisi o’zining Telegram kanalida xabar berdi.

Uning fikricha, Xitoydagi restoranlarning yopilishi yangi resurslar paydo bo’lishi yordam beradi. Shuningdek, u bu qarorga kelishiga nimalar turtki bo’lganligini izohladi. Uning fikricha, Xitoy belgilangan biznes modeldan ancha uzoqlashib ketgan.

“Biz kelajakda global sinergiyani yo’qotadigan asosiy biznes modelidan juda uzoqlashdik — bu uzoq muddatli strategiyaga to’g’ri kelmaydi va loyiha bizga qanchalik yoqmasin, qancha ish qilsak ham bunday qaror qabul qilish zarur edi”, deydi tadbirkor.

Uning so’zlariga ko’ra, tarmoq yetarli tajribaga ega bo’lmagan holda hissiyot tufayli boshqa mamlakatlarga kirish to’g’risida ko’plab qarorlar qabul qilgan. Dastlabki faoliyat Xitoyda yetkazib berish uchun mo’ljallangan G’arbiy modelga asoslangan edi.

Kompaniya ikkinchi bosqichda restoranlarni ochdi, u yerda tashrif buyuruvchilarning soni juda ko’p emas, yetkazib berish bozoridagi raqobat esa juda yuqori edi. Kompaniya ko’proq tajriba orttirar ekan, G’arb modeli Xitoyda ishlamayotganligini anglab yetdi va yangi konsepsiyani ishlab chiqarishga qaror qildi.

“Dodo Brands hali yosh va u qadar katta kompaniya emas. Yo’nalish va diqqat biz uchun juda muhimdir. Hozirda bizda to’rtta startap mavjud. Xitoyning yopilishi Rossiyada, Buyuk Britaniyada Dodo va boshqa joylarda yangi kontepsiyalar — investitsiya qilingan resurslar va sa’y-harakatlarga ko’proq foyda keltirishi mumkin bo’lgan boshqa sohalar uchun mablag’larni — e’tiborni, jamoani, moliyani bo’shatadi. Xitoy e’tibor va sarmoyalarni talab qiladigan murakkab bozor. Ikkalasidan birini tanlash kerak edi”, deya qo’shimcha qildi Fyodor.

Shuningdek, u Xitoyda tarmoqni rivojlantirish va davom ettirish uchun barcha sharoitlar mavjudligini ta’kidlab o’tgan, ammo Xitoydan butunlay ketishdagi qaror Direktorlar kengashi tomonidan qabul qilingan. Tadbirkor Xitoy bozoriga yana qaytish haqida ham aytib o’tgan.


Foto: Xitoydagi pitsa tarmog’i (2 yil) va Buyuk Britaniyadagi tarmoqning (2 oy) taqqoslangan holati.

Ma’lumot uchun: Dodo Pizza — bu 10 mamlakatda joylashgan pitsa tarmog’i. Birinchi pitseriya 2011-yilda Syktyvkarda (Rossiyaning shimolidagi kichik shahar) ochilgan. 2018-yil aprel oyidan boshlab kompaniyada 300 dan ortiq pitsa tayyorlash shirkatlari bor. O’zbekistonga tarmoq 2018-yilda kirib kelgan.