Davlatimiz rahbari topshirig‘i va Boston Consulting Group (BCG) kompaniyasi bilan birgalikda tashkil etilgan “O‘zavtosanoat” AJ va uning tarkibiy korxonalarini isloh qilish bo‘yicha transformatsiya ofisi o‘z faoliyatni boshladi. Bu haqida kompaniya rasmiy sayti xabar beradi.

Transformatsiya ofisi Boston Consulting Group (BCG), shuningdek, Daimler, Fiat Porsche kabi yetakchi xalqaro avtomobil konsernlarida ko‘p yillik boshqaruv tajribasiga ega yuqori malakali xorijiy va mahalliy ekpertlar ishtirirokida tashkil etildi.

Ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish va mahalliylashtirish darajasini 70%gacha ko‘tarilishi samarali boshqaruvnig natijasi bo‘ladi. Bu esa, o‘z o‘rnida, mahsulotning chakana narxini pasaytirishga imkon beradi. Birinchi bosqichdanoq ushbu dastur Chevrolet Tracker va Onix kabi modellarni ishlab chiqarilishini boshlashni nazarda tutadi.

Transformatsiya ofisining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, Boston Consulting Group (BCG)ning xalqaro ekspertlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Boston Consulting Group (BCG) bilan birgalikda ishlab chiqarilgan “O‘zavtosanoat rivojlanish strategiya"sida ko‘rsatilgan transformatsiya jarayoni quyidagi 7 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

1. Savdo va marketing;

2. Yangi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik va xususiylashtirish;

3. Xaridorlar va ta’minotchilar bilan ishlash;

4. Ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash;

5. Aylanma mablag‘larni muvofiqlashtirish;

6. Moliyaviy ko‘rsatgichlarni yaxshilash;

7. Raqamlashtirish va axborot texnologiyalarni joriy etish.

Transformatsiya strategiyasi va dasturi doirasida quyidagi bosqichlar belgilangan:

  • 2021−2022 yillarda “O‘zavtosanoat” va uning tarkibiy korxonalarini transformatsiya qilish, shuningdek, joriy operatsion faoliyatni (korporativ boshqaruv, ishlab chiqarish, moliya, savdo va sotuvdan keyingi xizmat) optimallashtirish va xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish;
  • 2022−2025 yillarda hamkorlar bilan birgalikda yangi mashxur avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqtni ikki baravar qisqartirish, mahalliylashtirish darajasini 70%gacha oshirish, elektromobillarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik va bosqichma-bosqich “O‘zavtosanoat” tarkibiy korxonalari ulushlarini xususiy sektorga sotish.

Avvalroq Spot, Ayrim turdagi avtomobillar narxi oshirilgani yuzasidan kompaniya rasmiy bayonotini haqida yozgan edi.