Xitoyning bozorni nazorat qilish davlat agentligi Alibaba kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligi uchun 18,22 milliard yuan (2,78 milliard dollar) miqdorida jarimaga tortdi, deyiladi regulyatorning veb-saytida. Bu haqida RBC xabar beradi.
Jarima kompaniyaning 2019-yilda Xitoyda sotgan savdosining 4 foizini tashkil etadi, bu 455,71 milliard yuanni tashkil qildi (joriy kurslarda 69,67 milliard dollar). Shunday qilib, Alibaba 18,22 milliard yuan (2,78 milliard dollar) to’lashi kerak, dedi regulyator.
Tekshiruv Alibaba iste’molchilarni o’z xizmatlaridan “ilojsiz” foydalanishga majbur qilish siyosati borligini tasdiqladi, deya xulosa qildi regulyator.
“Bu Xitoyning elektron tijorat bozoridagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko’rsatdi”, deb ta’kidladi nazorat qilish davlat agentligi.
Avvalroq Spot, regulyatorning Alibabani jarimaga tortish niyati borligi haqida xabar bergan edi. Boshqaruvchilar jarima nihoyat muammoni pul bilan hal qilish va olg’a intilishga yo’l ochadi deya fikr bildirishgan. 2019−2020- moliyaviy yillarga ko’ra Alibabaning sof foydasi $19,8 mlrdni tashkil etgan.
Ba’zi menejerlar juda katta bo’lsa ham, jarimani to’lashdan mamnun bo’lishadi: bu hozirda regulyatorlarning noaniqligidan aziyat chekayotgan kompaniya uchun hech bo’lmaganda vaqtinchalik yordam bo’ladi.
Eslatma: Jek Ma ning Alibaba va Ant Group kompaniyalari oktyabr oyida banklar faoliatini moliyaviy tartibga solishni tanqid qilganidan bir necha hafta o’tgach, Xitoy hukumati bosimi ostida qoldi.