Xitoyning IT-giganti Alibabaning Gonkong fond birjasidagi aktsiyalari dushanba kuni 8 foizga o’sdi, debxabar bermoqda Forbes. Nashr qilingan paytdakompaniyaning aktsiyalari 234,2 Gonkong dollariga ($30,11 ga) teng bo’lib, avvalgi yopilish narxiga nisbatan 7,43% ga o’sgan.
O’tgan hafta Xitoy hukumati Alibaba kompaniyasini monopoliyaga qarshi tekshiruv doirasida 18,23 milliard yuan ($ 2,8 mlrd) miqdoridajarimaga tortdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik korporativ jarima, deb ta’kidladi Bloomberg.
“Rekord jarimaga qaramay, bu Alibabani fond bozoridagi holati barqarorlashuviga va diqqatni asosiy narsalarga qaratishiga imkon beradi deb o’ylaymiz”, dedi Morgan Stanley tahlilchilari.
Jek Ma ning Alibaba va Ant Group kompaniyalari oktyabr oyida banklar faoliatini moliyaviy tartibga solishni tanqid qilganidan bir necha hafta o’tgach, Xitoy hukumati bosimi ostida qoldi. Shanxayda bo’lib o’tgan konferensiyada Ma xalqaro qoidalar “qariyalar klubi” va “kelajakni tartibga solishning kechagi usullari” ekanligini ta’kidladi.
Uning fikriga ko’ra, dunyodagi ko’plab muammolar “rivojlanishni emas, balki faqat xavfni boshqarish” muhokamasidan paydo bo’ladi, yoshlar va rivojlanayotgan mamlakatlar haqida hattoki o’ylamaydilar", deya aytgan Jek Ma.
Shundan so’ng, Alibaba sho’ba korxonasining rejalashtirilgan IPO-lari bekor qilindi va kompaniyaning o’ziga qarshi antimonopol tekshiruv ochildi.