Efiriumning narxi oshganligi haqida Spot o’tgan haftada xabar bergan edi. Unga ko’ra, kriptovalyutaning narxi $2000 ga mustahkamlangan.
Ma’lumot berilgan vaqtga kelib, Binance birjasida uning narxi $2 200 yaqinlashgani qayd etilgan. Bu kunlik 2 foiz o’sish degani.
Efirium — blokcheyn va kriptovalyutada bitkoindan so’ng kapitalizatsiya hisobida ikkinchi o’rinda turadi va unda smart-shartnomalar tuzish imkoni mavjud.
Shuningdek, efirium narxining oshishiga yana bir sabab milliarder Mark Kyubanning investitsiya kiritishi ham bo’lishi mumkin. Tadbirkorning fikricha, bu kripto aktiv haqiqiy valyutaga ancha yaqin.
*** Spot ma’lumotlarni real vaqtga asoslanib tayyorladi. Vaqt o’tishi bilan ma’lumotlar eskiradi. Shuning uchun narxlar o’zgarishini kuzatib borish tavsiya etiladi.