Huawei elektromobillar va haydovchisiz mashinalar ishlab chiqarish texnologiyalari uchun $1 mlrd investitsiya qilmoqda. Bu haqida Bloomberg xabar beradi.

Dastlabki bosqichda, Huawei o’zining subbrendi ostida 3 ta yirik IT kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi, deya xabar beradi vaqtinchalik boshqaruv raisi Erik Syu.

“Aqlli avtomobillar bo’limi Huaweidan eng katta sarmoyalardan birini oladi. 2021 yilda biz avtomobil tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishga 1 milliard dollardan ortiq mablag' sarflaymiz “, — dedi Syu.

Top-menejerning so’zlariga ko’ra, Xitoy har yili 30 millionta avtomobil ishlab chiqaradi. Huawei xalqaro bozorga chiqmagan holda ham Xitoyda sotilgan har bir mashinadan 10 ming yuan (taxminan 1500 dollar) olishi mumkin bo’ladi. Bu esa yaxshi natija.

Elektromobillar bozorida Huawei uchun raqiblar soni yetarlicha — Tesla, Nio, Xpeng va boshqalar. Xiaomi va Baidu qidiruv tizimi ham Geely bilan hamkorlikda o’z mashinalarini yaratish ustida ish olib borishmoqda.

Avvalroq Spot, Xiaomi o’z elektromobillarini ishlab chiqarish sanasini ma’lum qilganligi haqida xabar bergan edi.