Binance kripto-valyuta birjasi Ilon Maskning Tesla kompaniyasi tokenlangan aksiyasida savdolar boshlanganligini e’lon qildi. Bu haqida SecretMag nashri xabar beradi.
2021-yil boshida Rossiyada blokdan chiqarilgan Binance birjasi ushbu loyihani Germaniyaning “CM-Equity AG” va “Swiss Digital Assets AG” investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda boshladi. Har bir token haqiqiy qimmatli qog‘ozlar bilan to‘liq ta’minlangan hisoblanadi.
NASDAQ birjasi ma’lumotlarida aytilishicha, 9-aprel kungi savdo natijalariga ko‘ra, Tesla aksiyalarining har biri $677 tashkil etdi.
Maskning ko‘plab potensial xaridor va muxlislari kompaniyaning birorta qimmatli qog‘ozlarini sotib ololmagan bo‘lsalar, endilikda Binance loyihasi orqali aksiyalarning bir qismiga egalik qilishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, tokenlangan aksiyalar o‘z egalariga xuddi an’anaviy qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish kabi potensial dividendlar olish huquqini beradi.
Bundan avvalroq, Spot Tesla elektromobillar sotib olishda bitkoindan foydalanishga ruxsat berganligi haqida xabar bergan edi.