Efirium narxlarni yangilashda davom etmoqda. Binance kriptobirjasining ma’lumotlariga ko’ra 14-aprelda Efirium kripto aktivi $2400 gacha ko’tarilgan.
12-aprel kuni esa u $2 200 ni qayd etgan. Hozirga kelib, CoinMarketCap saytida ETH bozor kapitalizatsiyasi bo’yicha bitkoindan keyingi 2-o'rinni egallagan.
“Texnik tahlil nuqtai nazaridan ETH o’sish tendensiyasi bir xil bo’lib qolmoqda. 12-aprel kunlaridagi haftalik tahlilga ko’ra bir hafta ichida ETH narxi barqaror darajasiga qaytdi va yana ko’tarilishda davom etdi. Agar kripto valyutasining narxi $1900 dan pastga tushmasa, ehtimol keyingi haftalarda uning narxi yanada ko’tariladi”, — deydi Gleb Kostarev, Rossiyadagi Binance kriptobirjasi direktori.
Uning so’zlariga qaraganda, Efirium narxining ijobiy tomonga o’sishi vaqt o’tishi bilan yuz beradi.
Shuningdek, avvalroq Spot xabar berganidek, kriptovalyutalarga bo’lgan qiziqish yirik investorlar va biznesmenlar tomonidan ham bildirilmoqda. Ular amalga oshirgan investitsiya ham ma’lum ravishda aktivlar narxining oshishiga olib keladi.