Intellektual mulk agentligiga kelib tushgan arizaga binoan “P.B.S.” (shartli nom) oilaviy korxonasi tomonidan “БСК” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli boʼlgan jamlanma koʼrinishdagi “НАТРИЙ ДВУУГЛЕКИСЛЫЙ. СОДА ПИЩЕВАЯ” tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish faoliyati aniqlangan.
Holat yuzasidan agentlik tomonidan huquqbuzarga chora ko’rish uchun bayonnoma tuzilib, jinoyat sudiga yuborilgan. Sud tomonidan huquqbuzarga tovar va xizmat koʼrsatish belgisidan va tovar kelib chiqqan joy nomidan noqonuniy ravishda foydalanganligi uchun tegishli javobgarlik belgilanib, jarima solindi (BHM ning 10 baravarigacha).
Avvalroq Spot “Red Bull” tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik belgilanganligi haqida xabar bergan edi.