Mamlakat bo‘ylab “Zamin Education” ta’lim platformasi va sinflari ishga tushirildi. Bu haqida “Zamin Foundation” tashkilotning instagramdagi rasmiy sahifasida xabar beriladi.

“Zamin Education” loyihasining sinov bosqichi ijobiy natija berganidan so‘ng uni butun respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yish qarori qabul qilindi.

Loyiha doirasida axborot texnologiyalari va robototexnika fanlarini o‘rgatish metodologiyasi joriy etildi. Qolaversa, Zamineducation.uz onlayn ta’lim platformasi ham ishga tushirildi.

Sayt uchta bo’limda: dasturlash, dizayn va robototexnika ish yuritadi. Bepul kurslar soni 9 ta. Ularni tamomlagach sertifikat taqdim etiladi.