Joriy yil mart oyida mamlakatimizda ko‘chmas mulk bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar soni fevral oyi bilan taqqoslaganda o‘zgarishsiz qoldi va 20,2 ming donani tashkil qildi. Bu esa o‘tgan yil mart oyidan 34,4%ga ko‘proq hisoblanadi. Bu haqida ITIM Spotga xabar beradi.

Mart oyida avtomobil bozorida aholi talabi fevral oyiga nisbatan 7,7%ga oshib, qatorasiga ikkinchi oy barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi. 2020 yil mart oyi bilan taqqoslaganda avtomobillar savdosi o‘sishi 47,4%ni tashkil qildi. 2020 yil mart oyida respublika bo‘yicha joriy etilgan lokdaun natijasida savdolar fevral oyiga nisbatan 34,6%ga kamaygan edi.


Hisobot davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (31,5%), Xorazm (30,5%), Jizzax (23,5%) vilotyalarida ro‘yxatga va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni yuqori sur’atlarda o‘sdi.

Bunda, Buxoro (7,9%), Qashqadaryo (7%) va Andijon (4,3%) viloyatlarida sezilarli darajada kamayish kuzatildi.

Avvalroq Spot fevral oyi uchun tahlillarni taqdim etgan edi.