Intercontinental Exchange birjasida Brent markali neft narxi $67 gacha ko’tarildi.
Brent nefti $66,75 — $67,37 atrofida savdo qilinmoqda. Ayni paytda Shimoliy dengiz neftining narxi 0,37 foizga o’smoqda — bir barreli uchun $67,19 gacha.
2020-yilda COVID-19 pandemiyasi sababi bilan neftning narxi keskin tushgan edi.
Ammo dunyoning iqtisodiy asoslarining yaxshilanishi va ko’plab davlatlarda moliyaviy rag’banlashtirish dasturlari tufayli bu xolat yaxshilanishi kutiladi. Shu qatorda Brent narxi ko’tarilishi kutilmoqda.
Bunga sabab Texasdagi g’ayritabiiy sovuq ob-havo tufayli OPEK+ nefti ishlab chiqarish cheklanishi va bozorga yetkazib berish qisqartirilgani bo’lishi mumkin.
Avvalroq Spot, neftning narxi $100 gacha ko’tarilishi to’g’risidagi taxminlar bilan bo’lishgan edi.