Prezident farmoniga ko‘ra, 2021−2023-yillarda aksiyalari fond birjasida ommaviy joylashtiriladigan kompaniyalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxatdan 15 ta yirik kompaniya joy olgan, ammo keyinchalik ro‘yxatga o‘zgartirish kiritilishi ham mumkin:
- “O‘zmetkombinat”.
- "O‘zbekneftgaz".
- "Milliy bank".
- Xalq banki.
- “Agrobank”.
- "Mikrokreditbank".
- "Qishloq qurilish bank".
- “O‘zagrosug‘urta”.
- "Qurilishmashlizing".
- "O‘zbekinvest".
- "Uzbekistan Airways".
- “Uztransgaz”.
- AGMK.
- NKMK.
- "O‘zavtosanoat".
Ma’lumot uchun, hozirga qadar O‘zbekistonda faqat ikkita kompaniya — “Kvarts” va “Jizzax plastmassa"da IPO o‘tkazilgandi.