TSMC mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning fikricha, chiplar bilan bog’liq muammo 2022-yilga kelib butkul yo’qoladi. Bu haqida Bloomberg nashrixabar beradi.
TSMC mikrosxemalaridan Apple, AMD, Qualcomm и Nvidia kabi yirik kompaniyalar foydalanib keladi. Ma’lumot berilishicha, muammoning bir qismi joriy yilning yozida hal bo’lishi kutilmoqda.
Mikrosxemalar tanqisligini Covid-19 pandemiyasi keltirib chiqardi. Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, eng ko’p zarar ko’rgan bu avtomobil ishlab chiqaruvchilaridir: 2021-yilda $60 mlrddan ziyod foyda yo’qotilgan.
Yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi Volkswagen va General Motors ishlab chiqarishni qisqartirdi, Ford esa bir nechta zavodlar faoliaytini to’xtatdi. Samsung allaqachon Galaxy Notening chiqarilishi bir yilga qoldirilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi, Nikkei manbalari Apple ba’zi MacBook va iPadni ishlab chiqarishni ham kechiktirganini aytdi.
Nvidia 2022 yilning birinchi choragidan keyin muammolar asta-sekin hal qilinishiga ishonadi.
“Chiplarga bo’lgan umumiy talab juda yuqori bo’lib qolmoqda va ta’minotdan oshib ketishda davom etmoqda, bizning zaxiralarimiz juda kam”, dedi moliyaviy direktor KOLET Kress.
Intel bosh direktori Pat Gelsinger chip tanqisligi 2022-yildan keyin ham davom etishini kutmoqda. The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida u vaziyat vaqt o’tishi bilan yaxshilanishi mumkin, ammo vaziyat to’liq barqaror holatga kelishi uchun yangi zavodlar qurish kerak, bunga esa yillar kerak bo’ladi deyiladi.
Avvalroq mikrosxemalar yetishmasligi tufayli UzAuto Motors avtomobillar yetkazish berish muddati bir necha oyga kechikishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.