NASA Artemis loyihasini amalga oshirish uchun Ilon Maskka tegishli bo‘lgan SpaceX-ni tanladi. Kompaniya kosmik kema yaratib, 1972-yildan beri birinchi marta kosmonavtlarni Oyga qo‘ndirmoqchi, deb yozmoqda The Washington Post.
SpaceX kompaniyasi AQSh Mudofaa vazirligining doimiy hamkoriga aylangan Jeff Bezosning “Blue Origin and Dynetics” kompaniyasini mag‘lub etib, $2,9 milliardlik shartnomani qo‘lga kiritdi. Xabarda aytilishicha, NASA qo‘nish uchun ikkita kompaniyani tanlashi kerak edi, ammo u yakunda faqat SpaceX variantida to‘xtadi.
Artemis dasturi uchun SpaceX o‘zining ko‘p sonli sig‘imga ega Starship kosmik kemasini taqdim etadi. U Marsga parvoz qilishi uchun ishlab chiqilgan va u hali ham sinovdan o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Spot Ilon Mask yangi shahar yaratishga qaror qilganligi haqida xabar bergandi.