Facebook yaqin soatlar ichida Clubhouse bilan raqobatlasha oladigan va Spotify bilan hamkorlik qilishga imkon beradigan bir qator audio mahsulotlarni e’lon qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Vox.
Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqda quyidagicha yangilanishlar bo‘lishi kutilmoqda:
- Messenger Rooms-ning audio versiyasi — u orqali guruhli video qo‘ng‘iroqlar tashkil etish mumkin bo‘ladi.
- Bir guruh odamlar yig‘iladigan “virtual maydon”. Unda ma’ruzachilarni tinglash va ular bilan muloqot qilish imkoniyatini beradigan Clubhouse uslubidagi audio xonalar bo‘ladi.
- Spotify-ga ulanish uchun podkast katalogi. Bunda foydalanuvchilar podkastlarni Facebook orqali qidirishlari mumkin bo‘ladi. Kompaniya faqat qidiruvni joriy qilish bilangina cheklanib qolmaydi, bu borada ko‘proq narsani amalga oshirishi kutilmoqda.
- Ovozli postlar. Facebook foydalanuvchilarga qisqa ovozli xabarlarni yozib olish va ularni joylashtirish imkonini beradi. Bu narsa yangiliklar lentasida aks etadi va uni qolganlar ham tinglashlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, fevral boshlarida Facebook Clubhouse analogini ishlab chiqara boshlagani haqida mish-mishlar tarqalgandi. Ularga ko‘ra, Sukerberg uzoq vaqtdan beri ovozli aloqaning yangi formatlariga qiziqish bildirgan.