Spot hh.uz sayti orqali O’zbekistondagi banklardagi bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot to’pladi. Unga ko’ra, hozirgi vaqtda “ANOR BANK”, “Davr BANK” va “Orient Finans Bank” kabi tijorat banlarida 50 ga yaqin bo’sh ish o’rinlari mavjud. O’rtacha oylik maosh 3- 3,5 mln so’mdan boshlanadi. Ish tajribasi lavozim turiga qarab turlicha talab qilinadi.

Orient Finans Bank

  1. Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha mutaxassis — oylik maosh 3,5 mlndan boshlanadi. Talab qilinadigan ish tajribasi 3 yildan 6 yilgacha. Batafsil bu yerda.
  2. Kredit bo’yicha mutaxassis — oylik maosh 3−6 mlngacha, ish tajribasi 1−3 yil bo’lishi talab qilinadi.

ANOR BANK

  1. Informatsion texnologiyalar bo’limida 2 ta vakansiya mavjud. Bu C# va Java dasturchisidir.
  2. Bank, investitisya va lizing bo’limida 37 ta bo’sh ish o’rni bor. Bu korporativ mijozlar bilan ishlash, ularga xizmat ko’rsatish, kredit masalalari va savdo ishlari bo’yicha mutaxassislar uchundir. Oylik maosh suhbat jarayonida belgilanadi. Talab qilinadigan ish tajribasi 1−3 yilgacha.
  3. HR menejer — IT sohasidagi xodimlarni saralab olish uchun
  4. Yurist — 3−6 yillik ish tajribasiga ega, o’zbek rus, ingliz tillarida erkin muloqot qila oladigan mutaxassis uchun. Barcha bakansiyalar bo’yicha batafsil quyidagi havola orqali.

Davr BANK

Bank kredit mahsulotlarini sotish bo’yicha departamentga xodim izlamoqda. Oylik maosh 20 mln so’mdan boshlanadi. Ish tajribasi 1−3-yilgacha. Batafsil bu yerda.

**Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan saytni kuzatib borishni maslahat beradi.