Angliya Banki va Buyuk Britaniya Moliya vazirligi Markaziy bankning raqamli valyutasini ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruh tashkil qiladi. Bu haqida Interfax xabar beradi.
“Buyuk Britaniya innovatsiyalar sohasida o’zining ustunligi bilan ajralib turadi, ammo biz yana olg’a yurishimiz kerak”, — deydi Rishi Sunak, Moliya vazirligi bosh kotibi.
O’zining Twitterdagi sahifasiida Sunak bu valyutani Britcoin deya nomlashni taklif qilgan.
Angliya banki, o’z navbatida, rasmiylar hali raqamli valyutani joriy etish to’g’risida qaror qabul qilmaganligini va barcha manfaatdor tomonlar bilan foyda, xatar va uni amalga oshirishning amaliy jihatlarini aniqlashga harakat qilishini ta’kidladi.
O’tgan yili Angliya Banki muhokamaga hujjatni taqdim etgan edi, unda raqamli valyutani funt sterling bilan denominatsiya qilish mumkin bo’lar edi.
Keyin regulyator uning raqamli valyutasi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadigan va to’lov vositasi sifatida keng qo’llanilmaydigan kriptovalyutalardan sezilarli darajada farq qilishini ta’kidladi.
Markaziy bankning ko’plab rahbarlari rasmiy raqamli valyutani yaratish xavf bilan birga bo’lishi mumkinligini tan olishdi.
Angliya banki raqamli valyutani terrorizmni moliyalashtirish yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish maqsadida ishlatilishining oldini olish uchun “mijozingizni biling” qoidasiga amal qilishi kerak, deb yozadi FT. Uning amalga oshirilishi tijorat banklarining barqarorligini ham buzishi mumkin.
Avvalroq Spot, Turkiya Markaziy banki o’zining kriptovalyutasini yaratmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.